Olimlar: “Koronavirusga chalingan bemorlar 11 kun xavfli bo‘lishadi”

Olimlar: “Koronavirusga chalingan bemorlar 11 kun xavfli bo‘lishadi”

Singapur milliy yuqumli kasalliklar markazi va Respublika Tibbiyot fanlari akademiyasining virusologiya bo‘limi xodimlari “The Straits Times” gazetasiga intervyu berishdi. Unda aytilishicha, koronavirus bilan kasallangan odam alomatlar paydo bo‘lgan kundan boshlab 11 kun davomida boshqalar uchun xavf tug‘diradi.

Materialda ta’kidlanishicha, ko‘pincha aynan ushbu davrdan keyin odamlarning tahlillari koronavirus mavjudligini ko‘rsatadi. Ammo, olimlar bu xavfli emas deb hisoblashmoqda, chunki test virus genomining hayotiyligini emas, faqat bir qismini aniqlaydi.

Tadqiqot davomida olimlar odam alomatlar boshlanganidan 11 kun o‘tgach, yuqumli kasallikdan xalos bo‘lishini aniqlashdi.

Hozircha Singapur Sog‘liqni saqlash vazirligi bunday konsepsiyani qabul qilmadi. Bemorning ahvoli sog‘lom deb tan olinishi va kasalxonadan chiqarilishi uchun mamlakatda ikkita salbiy testni o‘tkazish zarurati to‘g‘risidagi norma hanuzgacha mavjud.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!