Olimlar eng yirik dinozavr suyaklarini topishdi

Olimlar eng yirik dinozavr suyaklarini topishdi

Argentinada olimlar yer yuzidagi eng katta hayvonlar bo‘lgan titanozavrlarning yangi turlarining suyaklarini topishdi.

Bu haqda “Forbes” yozmoqda.

Ma’lum qilinishicha, tos suyaklar va umurtqalar Neuken provinsiyasida topilgan. Mutaxassislarning fikricha, dinozavr 98 million yil oldin yashagan va og‘irligi 40 tonnadan oshiq bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uning eng yaqin qarindoshi 18 metr uzunlikdagi "katta hajmli titanozavr" turi bo‘lmish andezavrdir. Mutaxassislarning fikricha, kashf etilgan turlar ancha yirik bo‘lishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!