OCHL. «Navbahor» va OKMK ishtirokidagi o‘yinlarni boshqarib boradigan hakamlar guruhi aniq bo‘ldi

OCHL. «Navbahor» va OKMK ishtirokidagi o‘yinlarni boshqarib boradigan hakamlar guruhi aniq bo‘ldi

Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan bahslarda ishtirok etadigan O‘zbekiston klublari o‘yinini boshqaradigan hakamlar e’lon qilindi.

“Navbahor” jamoasi 23 oktyabr kuni 3-tur doirasida Eronning “Nassajiy Mozandaron” klubini qabul qiladi. Mazkur bellashuvda qatarlik Salmon Ahmad Falahiy boshchiligidagi hakamlar brigadasi ishlaydi.

OKMK esa 23 oktyabr kuni Eronning “Sepahon” klubini qabul qiladi. Mazkur bellashuvni kuvaytlik Ahmad Alaliy boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.

OCHL. 3-tur
23 oktyabr, dushanba
“Navbahor” (O‘zbekiston) – “Nassaji Mozandaron” (Eron)
Bosh hakam: Salmon Ahmad Falahiy (Qatar)
Yordamchi hakamlar: Ramzan Said Al Naemiy, Majid Hudaires Ashshammariy (ikkalasi ham Qatar)
Zaxira hakami: Xettikankanamge Krishanta Dilan Perera (Shri Lanka)
VAR: Abdulrahmon Ibrohim Al-Jassim (Qatar)
AVAR: Muhammad Ahmad Muhammad (Qatar)
Nazoratchi: Solih Muhammad Abdulla Hasan Al-Marzuqiy (BAA)
Komissar: Mindu Dorji (Butan)
Mahalliy media ofiser: Akmal Rahmatov
Mahalliy bosh koordinator: Jahongir Rahmatullaev.

OKMK (O‘zbekiston) – “Sepahon” (Eron)
Bosh hakam: Ahmad Alaliy (Kuvayt)
Yordamchi hakamlar: Abdulhadi Alaneziy, Ahmad Abbos (ikkalasi ham Kuvayt)
Zaxira hakami: Xiroki Kasaxara (Yaponiya)
VAR: Abdulloh Jamoli (Kuvayt)
AVAR: Abdulloh Alkandariy (Kuvayt)
Nazoratchi: Ali Hamad Madhad Saif Albedvaviy (BAA)
Komissar: Ali Hamud Al-Naimiy (Qatar)
Mahalliy media ofiser: Sherzod Rajabov
Mahalliy bosh koordinator: Muhammad Sodiq Sodiq-Oxunov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!