Nursulton Nazarboyevning oilasi og‘ir judolikka uchradi

Nursulton Nazarboyevning oilasi og‘ir judolikka uchradi

Qozog‘istonning sobiq prezidenti – Nursulton Nazarboyev oilasi og‘ir judolikka uchradi. Uning ukasi Bolat Nazarboyevning rafiqasi Guljan Nazarboyeva vafot etdi. Bu xabarni "Aisha" jamoat fondi direktori Aisha Orazbay tasdiqladi, deb yozadi sputniknews.kz.

Marhuma Chamalgan qishlog‘i yaqinidagi Shubarat qabristoniga dafn qilindi. Hech kim qabristonga karantin tufayli kiritilmadi. Bu yerda birinchi prezident Nursulton Nazarboyevning ota-onalari ham dafn qilingan.

"Guljan kecha vafot etdi. U bugun dafn qilindi. Anchadan beri yuragi kasal edi, o‘limga ham shu sabab bo‘ldi, boshqa narsa emas», – dedi Aisha Orazbay.

Ma’lumot uchun, Bolat Nazarboyev Nursulton Nazarboyevning ukasi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!