Nursulton Nazarboyev BMT majlisini to‘xtatdi: "Ruscha gapirmayman, tarjimon topasan" (video)

Nursulton Nazarboyev BMT majlisini to‘xtatdi: "Ruscha gapirmayman, tarjimon topasan" (video)

BMTda Qozog‘iston sobiq Prezidenti Nursulton Nazarboyev gapira boshladi:
– Assalomalaykum tuvg‘andar, salamatsizba?
– Kechirasiz, qozoq tilidan tarjima qiladigan tarjimonimiz yo‘q ekan, maylimi, ruscha gapirsangiz? – dedi BMTning kattakoni.
– Jo‘qpa? – dedi Nazarboyev. – Tovasin! 
Shu gaplarni aytgan Nazarboyev achchiq bilan bir chetga o‘tib, qovog‘ini uyub o‘tiraverdi. Ha, rost-da, BMT degani Birlashgan millatlar tash­kiloti bo‘lsa, Nazarboyev qozoq millati nomidan borsa, qozoqcha gapiradi-da!
BMT majlisi biror o‘n daqiqaga to‘xtab qoldi! Butun dunyo Na­zarboyevga tan berdi! Butun dunyo butun dunyo majlisini to‘xtatib qo‘ygan qozoqqa tan berdi!
Zo‘r kelsa, topar ekan, qozoqchadan tarjima qiladigan tilmochni topib kelishdi!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!