Nukusda fojia: ikki kishi o‘ldi, mashina yonib ketdi

Nukusda fojia: ikki kishi o‘ldi, mashina yonib ketdi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 9 mart kuni soat 09:00 larda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, Telesentr OFY hududidan o‘tgan ichki avtomobil aylanma yo‘lida haydovchi K.X. “FN 953 LOBOL” rusumli traktorni boshqarayotib chap tomonga burilayotgan vaqtida ushbu yo‘nalishda uning ortidan harakatlanib kelayotgan haydovchi (shaxsiga aniqlik kiritilmoqda) boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli transport vositasida traktorning kovuchiga borib urilishi natijasida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. 
Natijada, “Neksiya” atomashinasi haydovchisi va yo‘lovchisi voqea joyida vafot etishgan. Yong‘in chiqishi oqibatida “Neksiya” avtomashinasi yonib ketgan.  
Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, vafot etgan fuqarolar shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!