Noklar ichidan ignalar chiqmoqda

Noklar ichidan ignalar chiqmoqda

Avstraliyada qulupnaylar ichiga igna tiqishda gumon qilingan shaxs qo‘lga olingandan bir necha kun o‘tib Melburn shahrida ichiga igna tiqilgan noklar topila boshlandi. Bu haqda ABC News telekanali xabar berdi.

Avvalroq Kvinslend shtati polisiyasi qulupnay ichiga igna tiqishda gumon qilib 50 yoshli ayolni hibsga olgandi. Shtat poytaxti Brisben shahar sudi Mi Ut Trin ismli gumonlanuvchi Berry Licious fermasida nazoratchi bo‘lib ishlagani va qasddan harakat qilgani o‘rnatgan.

Nokdagi igna esa ABC News Breakfast dasturi vizajisti Kler Bonser tomonidan 13 noyabrda aniqlangan. Ayolga jarohat yetmagan.  

“Men shunchaki nokni yeyayotganimda keyingi tishlam oldidan unga qaradim va unda ignani ko‘rdim”, deb aytgan ayol. 

Bonserning aytishicha, u nokni Melburndagi Woolworths supermarketidan sotib olgan. U bu haqda supermarketga xabar bergan. Do‘kon vakili bu holat yuzasidan tergov olib borilayotganini ma’lum qilgan. 

Avstraliya polisiyasi mamlakatning kamida yettita kompaniyasi qulupnaylaridan igna topilgani yuzasidan tergov olib borgan. Keyinroq ignalar banan va olmalarda topilgan. Shundan keyin mutasaddi idoralar mevalarni iste’mol qilishdan oldin ularni kesib ko‘rishni tavsiya qilgan hamda bu ishni qilayotgan jinoyatchilarni topishga yordam uchun 100 ming Avstraliya dolllari (70 ming dollar) taklif qilgan. 

Kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!