Nima? Qozog‘istonda qor yog‘ishi kutilmoqda

Nima? Qozog‘istonda qor yog‘ishi kutilmoqda

Sinoptiklar yaqin kunlarda Qozog‘istonda yomg‘ir va qor yog‘ib, havo sovishini prognoz qilmoqda. Bu haqda “Kazgidromet” xabar berdi.

Janubiy siklon ta’sirida 25—27 aprel kunlari respublikaning janubiy qismida, 25 aprelda shimoli-g‘arbida yog‘ingarchilik kuzatiladi. Kechasi uzoq shimoli-g‘arbda yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin. Respublikaning janubi va janubi-sharqida kuchli yomg‘ir yog‘adi. Do‘l va kuchli shamol bo‘lishi prognoz qilingan.

Mamlakatning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, kechasi shimol va sharqda kuchli shamol hamda tuman tushishi kutilmoqda. Janubda havo haroratining bosqichma-bosqich pasayishi kechasi 0 dan 12 darajagacha iliq, kunduzi esa 10-20 daraja iliq bo‘lishi mumkin.

Shimoliy hududlarda 25 aprel kuni harorat keskin sovishi kutilmoqda: kechasi 0...-8 daraja sovuq, kunduzi 5-13 daraja iliq. Keyin havo harorati shimolda kun davomida 10-17 darajagacha ko‘tarila boshlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!