Nigeriya: «Bugun tushdan keyin 16 jasadni ko‘mdik»

Nigeriya: «Bugun tushdan keyin 16 jasadni ko‘mdik»

 

 

 

 

Nigeriyaning shimoli-g‘arbiy qismidagi qishloqlardan biriga qilingan qurolli hujumda kamida 16 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Frans Press agentligi.

Xabarga ko‘ra, qurollangan odamlar Sokoto shtatida joylashgan Tara qishlog‘iga hujum qilishgan.

«Bugun tushdan keyin 16 jasadni ko‘mdik. Yana to‘qqiz kishi jiddiy jarohat olishdi», — deydi agentlik bilan suhbatda mahalliy aholi vakili.

Mahalliy amaldorning qo‘shimcha qilishicha, qurollangan odamlar qo‘shni Zamfara shtatidan kelgan. Unga ko‘ra, ular yuz sigirni kuch bilan egallab olishgan. 4 mart kuni qaroqchilar Zamfara shtatidagi qishloqlardan kamida 60 kishini o‘g‘irlashgani xaqida xabar tarqalgan edi.

t


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!