Nazoratchiga ham chora ko‘rildi

A A A
Nazoratchiga ham chora ko‘rildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining Toshkent viloyati hududiy sho‘’basi tomonidan Davlat va nazorat organlarida tadbirkorlarning xuquqlariga rioya etilishi va faoliyatiga asossiz aralashuvlarini oldini olish choralari ko‘rilmoqda.

Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 40 dan ziyod mansabdor shaxslar, shundan 15 ta murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi va muddatini buzganligi, 11 nafari tadbirkorlik faoliyatida noqonuniy tekshirish o‘tkazganlik va tekshirish tartibini buzganlik uchun va qolgan 24 tasi boshqa turli xildagi xuquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Aniqlangan xuquqbuzarliklar davlat va nazorat organlari kesimida tahlil etilganda asosiy xuquqbuzarlik soliq organlarida 13 nafarni, kadastrlar palatasi tizimida 8 nafar va Davlat moliyaviy nazorat organlarida 5 nafarni tashkil qilgan. Shuningdek kon geologiya nazorati,xokimiyat, turizm boshqarmasi va bank organlarining mansabdor shaxslari tomonidan ham tadbirkorlik subyektlarining xuquqlari va qonun bilan kafolatlangan manfaatlariga rioya etmaslik holatlari aniqlangan.

Ko‘rilgan ma’muriy choralar bilan bir qatorda bu tashkilotlarning yuqori turuvchi organlariga mazkur kamchiliklarni oldini olish va mas’ullarga chora ko‘rilishini so‘rab taqdimnomalar kiritildi.

Vakil Devoni tomonidan bu boradagi nazorat tadbirlari doimiy ravishda davom ettirib borilmoqda.

Biznes Vakil devoni matbuot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!