Namangan viloyat hokimligi xodimlari maxsus kiyimda yuradi

Namangan viloyat hokimligi xodimlari maxsus kiyimda yuradi

Namangan viloyati hokimligi apparati uchun maxsus kiyim-bosh tayyorlandi va xalq bilan muloqot qilish, turli tadbirlarda ana shu xizmat kiyimidan foydalanish yo‘lga qo‘yildi.

Namangan viloyati hokimligi tomonidan yangi yil bayrami arafasida viloyat hokimligida yangi tajriba yo‘lga qo‘yildi. Hokimlik apparati uchun maxsus kiyim-bosh tayyorlandi va xalq bilan muloqot qilish, turli tadbirlarda ana shu xizmat kiyimidan foydalanish yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, bu orqali viloyat hokimligining maxsus imijini yanada shakllantirish. Xabarda aytilishicha, ko‘plab uchrashuvlar yoki mahallalarda yurilganda fuqarolar murojaatlari kimga aytishini bilmay ovora bo‘lishadi. Aynan Namangan viloyati hokimligi tomonidan qo‘llangan yangi tajriba bu kabi holatlar oldini oladi. Endi fuqarolar turli tadbirlar yoki ular bilan uchrashuvlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xizmat kiyimidagi hokimlik vakillariga murojaat yo‘llayverishlari mumkin.

Manba: gazeta. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!