O‘zbekistonda joriy yilda suv resurslari va suv havzalarida vegetasiya davri uchun suv prognozlari qanaqa?

O‘zbekistonda joriy yilda suv resurslari va suv havzalarida vegetasiya davri uchun suv prognozlari qanaqa?

Joriy kuz—qish mavsumlarida tog‘larda yog‘ingarchilik yaxshi bo‘ldi. Suv xo‘jaligi vazirligidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yil 19 aprel holatiga respublikamizdagi mavjud suv omborlarida jami 10 km kub (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12% ko‘p) suv resursi yig‘ilgan.

O‘zbekistonda 1980 yillarda bir yillik suv iste’moli o‘rtacha 64 km kub bo‘lgan bo‘lsa, so‘nggi yillarda bu ko‘rsatkich, iqlim o‘zgarishi, tog‘larda qorlarning kam yog‘ishi, muzliklar erishi, transchegaraviy daryolarda suv taqsimotidagi vaziyatlar tufayli o‘rtacha yillik 51—53 km kubga tushib qoldi (bu 40 yil oldingi o‘rtacha limitdan 20% ga kamayib ketish degani). 2022 yilda esa O‘zbekistonning bir yillik suv iste’moli 40 km kubgacha kamayib ketdi (https://t.me/uzb_meteo/13328).

O‘zgidrometning sug‘orish mavsumi uchun ishlab chiqqan suv prognoziga ko‘ra, Qashqadaryo havzasida me’yorga nisbatan 70—80%, Vaxsh, Surxondaryo, Zarafshon, Qoradaryo, Chirchiq—Ohangaron xavzasida esa 80—90 %, Farg‘ona vodiysi shimolidagi soy va daryolar va Norin havzasida 85—95%, Farg‘ona vodiysi janubidagi daryolarda 95—105 % ga ko‘proq suv miqdori o‘tishi kutilmoqda.

Shu bilan birgalikda, O‘zA xabarida keltirilishicha, 2024 yil suv xo‘jalik tizimida "Kanallarni betonlash bo‘yicha zarbdor yil" e’lon qilingani, mazkur vaziyatda bir yillik suv iste’molimizning 33% i shunchaki qumlarga singib, behuda isrof bo‘lib ketmasligi uchun joylarda jadal sur’atlarda betonlash ishlari bajarilayotgani haqida statistik raqamlar ham taqdim etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!