Messi joriy mavsum dahshatli statistika qayd etmoqda

Messi joriy mavsum dahshatli statistika qayd etmoqda

Lionel Messi bu yil har bir o‘yinda o‘rtacha ikkitadan ko‘proq golda qatnashmoqda.

Biroz avval yakunlangan MLS o‘yinida “Inter Mayami” “Nyu-York Red Bulls”ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 6:2. Argentinalik yulduz jamoasining barcha oltita golida ishtirok etdi (6:2). 36 yoshli hujumchi beshta golli uzatma va bir golga mualliflik qildi. Umuman olganda, argentinalik futbolchi 2024 yil boshidan buyon “Inter Mayami” tarkibida 11 ta o‘yinda 12 ta gol va 11 ta golli uzatmani amalga oshirgan – 23 ta samarali harakat.

Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi o‘tgan yozdan beri MLSda to‘p tepmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!