Isroil harbiylari Rafahda “Islomiy jihod” qo‘mondonlaridan birini o‘ldirganini ma’lum qildi

Isroil harbiylari Rafahda “Islomiy jihod” qo‘mondonlaridan birini o‘ldirganini ma’lum qildi

Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektori janubidagi Rafah shahrida “Islomiy jihod” qo‘mondonlaridan birini yo‘q qilganini ma’lum qildi.

SAXAL ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘mondon Ayman Zaarab 2023 yil 7 oktyabrda Isroilga qilingan hujumda ishtirok etgan.

U shanba kuni ertalab razvedka ma’lumotlari asosida berilgan havo hujumi natijasida yo‘q qilingan. Havo hujumida u bilan bir xonada bo‘lgan yana ikki “Islomiy jihod” jangarisi ham o‘ldirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!