Eron terma jamoasi a’zosi Yevropa grandi tarkibiga borib qo‘shiladi

Eron terma jamoasi a’zosi Yevropa grandi tarkibiga borib qo‘shiladi

"Inter" bosh murabbiyi Simone Indzagi hujumchi Mehdi Taremi bilan shartnoma imzolanganini tasdiqladi.

31 yoshli eronlik futbolchi erkin agent sifatida "Portu"ni tark etadi va yangi mavsumdan boshlab "neradzurrilar" safida o‘ynaydi.

“Ha, biz “Portu”dan Mehdi Taremini erkin agent sifatida o‘z safimizga qo‘shib olamiz.

U ajoyib o‘yinchi, u ko‘plab gollar uradi, biz bu kelishuvdan mamnunmiz", - deya Indzagi so‘zlarini keltiradi insayder Fabrisio Romano.

Mehdi Taremi 2020 yilda “ajdarlar” safiga qo‘shilganidan beri “Portu” safida barcha musobaqalarda 178 ta o‘yinda maydonga tushib, 88 ta gol urdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!