Portugaliya Afrikadagi sobiq mustamlakalariga tovon to‘laydimi?

Portugaliya Afrikadagi sobiq mustamlakalariga tovon to‘laydimi?

Portugaliya hukumatiga ko‘ra, Portugaliya Afrikadagi sobiq mustamlakalariga tovon to‘lamaydi.

Avvalroq Portugaliya prezidenti Marselo Rebelo de Souza mamlakatning Afrikadagi sobiq kolonniyalariga tovon to‘lash taklifini bildirib, buni mustamlakachilik davridagi jinoyatlar uchun javobgarlik bilan izohlagan edi. Prezident sobiq mustamlakalarning qarzlarini hisobdan chiqarish va ularni moliyalashtirishni taklif qildi.

Biroq Portugaliya hukumati bu jarayonni boshlashdan bosh tortdi, deb yozadi Reuters .

Shu bilan birga, hukumat sobiq mustamlakalar bilan munosabatlarini "a’lo darajada" deb atadi va ta’lim, til, madaniyat, sog‘liqni saqlash va iqtisodiyot sohalarida hamkorlikka e’tibor qaratilayotganini bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!