Saul Alvares hamyurti Mungiyaga ilk mag‘lubiyatni taqdim etdi

Saul Alvares hamyurti Mungiyaga ilk mag‘lubiyatni taqdim etdi

Hozirgina AQShning Nevada shtati Las-Vegas shahridagi "T-Mobile Arena"da uzoq kutilgan professional boks oqshomi yakunlandi.

Oqshomning markaziy jangi ikkinchi o‘rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni, meksikalik afsona Saul Alvares hamda uning vatandoshi Xayme Mungiya o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

O‘n ikki raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi va unda Saul Alvares ochkolar evaziga g‘alaba qozondi - 117-110, 116-111, 115-112.

Jang mobaynida "Kanelo" raqibini nokdaun holatiga ham tushirib qo‘ydi. Ushbu g‘alabasi evaziga u ikkinchi o‘rta vazn toifasida o‘ziga tegishli bo‘lib turgan kamarlarni muvaffaqiyatli himoya qildi. Mungiya esa faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatni qabul qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!