Mashina jarima maydonchasiga qo‘yilgach, aliment puli to‘landi

Mashina jarima maydonchasiga qo‘yilgach, aliment puli to‘landi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudining 2023 yil 11 sentyabrdagi ijro hujjatiga asosan, qarzdor A.A.dan undiruvchi M.A. foydasiga 1 nafar farzandining ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.

Qarzdor A.A. tomonidan aliment pullari o‘z vaqtida to‘lab borilmaganligi oqibatida uning qarzdorligi 20 million so‘mdan oshib ketgan. Majburiy ijro byurosi Taxiatosh tuman bo‘limi xodimlari tomonidan qarzdorning mulkiy ahvoli tekshirilganda, qarzdorning nomida “Spark” rusumli avtotransport vositasi borligi aniqlanib, ushbu avtotransport vositasiga darhol taqiq qo‘yilgan.

Shu sababli, qarzdorning nomidagi avtomashina Taxiatosh tumani YHX inspektorlari tomonidan jarima maydonchasiga qo‘yildi. Shu asnoda yuzaga kelgan 20 million so‘mdan ortiq qarzdorlik qarzdor tomonidan to‘lab berildi va avtotransport vositasi egasiga qaytarildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!