Musulmon bolalarni yo‘q qilib tashlashni taklif qilgan o‘qituvchining taqdiri nima bo‘ldi?

Musulmon bolalarni yo‘q qilib tashlashni taklif qilgan o‘qituvchining taqdiri nima bo‘ldi?

Italiyada irqchilikda ayblangan ayol sud qilindi. Sud komissiyasi o‘rta maktab o‘qituvchisi Fiorensa Pontinini irqiy ayirmachilikda aybdor deb topdi. Fitrat.uz'ning La Repubblica'ga tayanib yozishicha, u bir yilga qamoq jazosiga shartli hukm qilindi.

O‘qituvchiga nisbatan da’vo qo‘zg‘atilishiga uning migrantlarga nisbatan aytgan so‘zlari sabab bo‘lgan. U, xususan, musulmonlarni, shuningdek, ularning bolalarini yo‘q qilib tashlash kerakligini ta’kidlagan. Shu bilan birga, O‘rta yer dengizidagi migrantlar chiqqan qayiqlarni qutqarmaslikka chaqirgan. Ayblovni dars mobaynida pedagogning irqchilik, ayirmachilik bilan to‘la gaplarini tinglashga majbur bo‘lgan o‘rta maktab o‘quvchilari qo‘llab-quvvatladi.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!