Mustaqillik maydonidagi favvora nega buzildi?

Mustaqillik maydonidagi favvora nega buzildi?

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kutilmaganda Mustaqillik maydonidagi favvoraning olib tashlanayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

Ammo unday emas. Hozirda bu yerda to‘liq ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Mazkur favvoraning qurilganiga 50 yil bo‘lgan. Hozirda uning ayrim joylari darz ketgan. Agar vaqtida ta’mirlanmasa metroga suv tushish ehtimoli bor.

Qolaversa, favvora u vaqtga nisbatdan 8 barobar ko‘p elektroenergiya iste’mol qiladi. Hozirgi kunda olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari sabab elektr yanada tejaladi.

O‘zAning yozishicha, shu yil oxiriga qadar favvora ta’mirlanib, zamonaviy ko‘rinishda qayta ishga tushiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!