Mo‘’jiza: Qozog‘istondagi portlashlarda masjidlarning birorta ham oynasi sinmadi (video)

Mo‘’jiza: Qozog‘istondagi portlashlarda masjidlarning birorta ham oynasi sinmadi (video)

Qator portlashlardan so‘ng Arisda joylashgan masjidlarning binosi hech qanday jiddiy talofat ko‘rmadi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar qildi.

Masjid xizmatchilari so‘zlariga ko‘ra, ayrim binolarga kichik shikast yetkazildi.

Internetda video tarqaldi. Unda Arisdagi masjidlardan biri aks etgan.

“Birorta ham oyna sinmagan”, - deydi video muallifi. Masjid qarshisida turgan uyda esa oynalar singan bo‘ladi.

Aris markaziy masjidining bosh imomi Abdukaman Abdukarim binolarda biroz shikast yetganini aytadi.

Imomning so‘zlariga ko‘ra, Aris tumanida jami 27 masjid ochilgan bo‘lib, shaharning o‘zida 9 ta masjid faoliyat ko‘rsatadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!