Polyaklar Rossiya bilan urushga tayyorlanmoqda

Polyaklar Rossiya bilan urushga tayyorlanmoqda

Polsha qurolli kuchlari tinch aholini Rossiya bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan harbiy mojaroga tayyorlash uchun «armiya bilan ta’til» dasturini ishga tushirdi. Bu haqda AP nashri yozmoqda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, dasturning asosiy maqsadi hozirda 198 mingga yaqin harbiy xizmatchini tashkil etuvchi Polsha armiyasiga o‘rinbosarlarni topishdan iborat.

«Ta’til» yozda Polsha bo‘ylab 70 ta joyda, shu jumladan Rossiya va Belorussiya chegarasi yaqinida o‘tkaziladi. Dasturda ishtirok etish uchun 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan shaxslar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Trening 28 kun davom etadi va 6 ming zloti (1,5 ming dollar) miqdorida to‘lanadi. Bunday kursdan so‘ng, zaxiraga o‘tish yoki hududiy mudofaada xizmatini davom ettirish mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!