Moskva AQShni kimyoviy qurol zaxiralarini yo‘q qilishga chaqirdi

Moskva AQShni kimyoviy qurol zaxiralarini yo‘q qilishga chaqirdi

Moskva AQShni kimyoviy qurol zaxiralarini Konvensiyada belgilangan muddatdan oldin yo‘q qilishga chaqiradi.

Xalqaro kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkilotining Gaagadagi 89-sessiyasida rus delegasiyasi rahbari Georgiy Kalamanov shunday bayonot berdi. 

Bundan tashqari, Kalamanov mazkur xalqaro tashkilotning vakolatlari kengayishi bo‘yicha Rossiyaning nuqtai nazarini ma’lum qilib, Rossiya va boshqa ko‘pgina davlatlar uchun tashkilot tomonidan kimyoviy qurol qo‘llanilish faktida “aybdorlarning” aniqlanishi noqonuniy asosda bo‘layotganini ta’kidladi. 

Eslatib o‘tamiz, Xalqaro kimyoviy qurolni taqiqlash tashkiloti vakolatlari kengayishi masalasi joriy yilning 19-20 noyabrida a’zo davlatlarning 23-konferensiyasida ko‘riladi.

Manba: O‘zA


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!