Messi Neymarni qo‘llab-quvvatladi

Messi Neymarni qo‘llab-quvvatladi

"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi Neymarning jarohatidan xabar topganidan keyin chetda turmadi.

Eslatib o‘tamiz, braziliyalik futbolchi xoch bog‘lami yirtilgani sababli mavsumning qolgan qismida maydonga tusha olmaydi. “Al-Hilol”ning yulduz hujumchisi Urugvayga qarshi jahon chempionati saralash o‘yinining birinchi bo‘limi oxirida almashtirilishiga majbur bo‘ldi – futbolchini zambilda olib chiqib ketishdi.

Noxush xabardan ko‘p o‘tmay, Messi ijtimoiy tarmoqlarda Neymar bilan tushgan suratini ilova qilib, “Senga kuch tilayman” degan post qoldirdi.

Lionel Messi va Neymar "Barselona" va "PSJ"da jamoadosh bo‘lishgan. O‘tgan yozda futbolchilarning yo‘llari ajralib ketdi: argentinalik Parijdan Mayamiga, braziliyalik esa Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!