Mask dunyodagi eng boy odamga aylandi

Mask dunyodagi eng boy odamga aylandi

“Tesla” va “SpaceX” kompaniyalari rahbari amerikalik tadbirkor Ilon Mask dunyodagi eng boy odamga aylandi.

 Bu haqda “CNBC” telekanali ma’lum qildi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Maskning boyligi “Tesla” aksiyalarining kimoshdi savdosida oshishi tufayli 185 milliard dollarga yetgan.

Oldinroq reytingning birinchi qatorini «Amazon» rahbari Jeff Bezos egallagan edi, uning boyligi hozirda 184 milliard dollarga baholanmoqda.

So‘nggi 13 oyda boyligi 100 milliard dollarga o‘sgan Mask 2020 yil yanvarida “Bloomberg” reytingida 35-o‘rinni egallagandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!