Mashhur restoranlar tarmog‘i egasi ikki yilga qamaldi

Mashhur restoranlar tarmog‘i egasi ikki yilga qamaldi

"Korchma Taras Bulba" restoranlar tarmog‘i egasi Yuriy Beloyvan ikki yilga qamaldi. U jazoni umumiy rejimdagi koloniyada o‘taydi. Moskva tuman sudi Yuriyni 695 mln rubl miqdoridagi soliqni to‘lamaganlikda aybladi.

Sud Beloyvanning o‘z aybiga iqrorligi va 4 nafar voyaga yetmagan farzandi borligini inobatga olib, yengilroq jazo bergan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Beloyvan 2011 yil yanvardan 2014 yil mart oyigacha daromadni yashirgan va soliqlarni kam to‘lagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!