«Maktab va lisey bitiruvchilari o‘qishga imtihonsiz kiradimi?» Vazirlik munosabati

A A A
«Maktab va lisey bitiruvchilari o‘qishga imtihonsiz kiradimi?» Vazirlik munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda 2020-2021 o‘quv yilida umumta’lim maktablari va akademik lisey bitiruvchilari imtihonsiz o‘qishga qabul qilinishi to‘g‘risida tarqalgan xabarlar haqiqatga zid.

Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.

«Vazirlik o‘qishga qabul qilish tartibiga hech qanday o‘zgartirish kiritilmaganini ma’lum qiladi. Abituriyentlarni esa yozgi imtihon va sinovlarga puxta tayyorgarlik ko‘rishga chaqiradi» deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!