Lukashenko: "Rossiya bizni yo‘qotishdan qo‘rqadi!"

Lukashenko: "Rossiya bizni yo‘qotishdan qo‘rqadi!"

Belorusiya Prezidenti Aleksandr Lukashenko 4-avgust kuni xalqqa va Milliy Majlisga qilgan murojaatida Rossiya Belorusiya bilan qardosh munosabatlarni sheriklik aloqalariga o‘zgartirmasligi kerak degan fikrni bildirdi.

Shu bilan birga, Lukashenko har ikki mamlakatda kim rahbar bo‘lishidan qat’iy nazar "Rossiya Belorusiyaning eng yaqin ittifoqchisi bo‘lib kelgan va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi", - deb ta’kidlagan holda  "bu yengib bo‘lmaydigan omil" ekanligini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bu Minskning Xitoy va AQSh bilan strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatishiga to‘sqinlik qilmaydi.

"Rossiya bizni yo‘qotishdan qo‘rqadi, chunki uning bizdan boshqa yaqin ittifoqchilari qolmadi", deydi Lukashenko "Bizning javobimiz ma’lum: biz ko‘p vektorli yondoshamiz, Belorusiya kimgadir qarshi kimdir bilan do‘st bo‘lmaydi”, deya qo‘shimcha qilar ekan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!