"Liverpul" tarixidagi eng yaxshi transferlar o‘nligi tuzildi

"Liverpul" tarixidagi eng yaxshi transferlar o‘nligi tuzildi

FourFourTwo portali jurnalistlari "Liverpul"ning tarixdagi eng yaxshi o‘nta xaridi reytingini tuzib chiqdi. Reytingda birinchi o‘rinni Kenni Dalglishning transferi egalladi. Ikkinchi pog‘onani jamoaning amaldagi yetakchisi Muhammad Saloh egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikni Ian Rash yakunlagan.

Shuningdek, mersisaydliklar gigantining eng yaxshi o‘nta transferidan: Kevin Kigan, Grem Suness, Jon Barns, Luis Suares, Rojer Xant, Virjil van Deyk va Ron Yeytslar joy oldi.

Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumida 12 turdan keyin Yurgen Klopp shogirdlari turnir jadvalida peshqadam “Manchester Siti”dan bir ochko ortda qolib, ikkinchi o‘rinda bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!