Shotlandiya rahbari mintaqa besh yil ichida mustaqillikka erishishi mumkinligini aytdi

Shotlandiya rahbari mintaqa besh yil ichida mustaqillikka erishishi mumkinligini aytdi

Shotlandiya birinchi vaziri Jon Svinni mintaqa yaqin besh yil ichida Britaniyadan mustaqillikka erishishi mumkinligini aytdi.

«Mustaqillikka bu davrda erishish mumkin, chunki mustaqillik masalasi majburiydir. Agar Shotlandiya duch keladigan ikkita eng katta muammoni ko‘rib chiqsak, ular yashash narxining ta’siri va Brexit ta’siridir. Ikkalasi ham asosiy strategik omillardir. Vestminsterda qabul qilingan noto‘g‘ri qarorlar Shotlandiyaga jiddiy iqtisodiy va ijtimoiy zarar yetkazmoqda”, dedi u SkyNews telekanaliga bergan intervyusida.

Svinnining so‘zlariga ko‘ra, Shotlandiya «o‘z irodasiga qarshi Yevropa Ittifoqidan chiqarildi». «Agar biz mustaqil davlat bo‘lganimizda, umumevropa jarayonlarida ishtirok eta olgan bo‘lardik va [Brexit sabab] halokatdan qochgan bo‘lardik», — deya qo‘shimcha qildi 7 may kuni Shotlandiya hukumatini boshqargan siyosatchi.

Shotlandiya mustaqilligi bo‘yicha referendum allaqachon 2014 yilda bo‘lib o‘tgan. Uning ishtirokchilarining 55% Edinburg va London o‘rtasidagi ittifoqni saqlab qolish tarafdori edi. Biroq mintaqada hukmron Shotlandiya milliy partiyasi bir necha yillardan beri Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqqani sababli takroriy ovoz berish zarurligini ta’kidlab keladi. 2016 yilda milliy referendumda Shotlandiya aholisi Brexitga qarshi chiqdi, garchi Buyuk Britaniya umuman Yevropa Ittifoqidan chiqishni qo‘llab-quvvatlagan edi. Britaniya hukumati Shotlandiya bo‘yicha yangi referendum o‘tkazishdan bosh tortdi va bunday plebissit faqat «avlodda bir marta» bo‘lishi kerakligini ta’kidlamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!