200 nafar o‘qituvchi Fransiyaga boradi

200 nafar o‘qituvchi Fransiyaga boradi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda fransuz tili o‘qituvchilarini Fransiyaning nufuzli oliygohlariga stajirovkaga yuborish yuzasidan yangi loyihaga start berildi.

Ayni paytda butun respublikamiz bo‘ylab ushbu loyihaning birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Bunda barcha hududlardan fransuz tili ustozlari “Ev@lang” platformasi orqali Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlarida test topshirdilar.

Test natijalariga ko‘ra tanlab olingan o‘qituvchilar fransiyalik tajribali mutaxassislar tomonidan 30 soatlik offlayn shaklda hamda 15 soatlik onlayn shaklda malaka oshirish kurslarida o‘qitiladi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, ushbu loyiha 4 bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng yuqori natijalarni qayd etgan fransuz tili ustozlari 2024 yilning yakuniga qadar Fransiyaning nufuzli oliygohlariga yuboriladi.

Mazkur loyiha bo‘yicha joriy yilda 200 nafar ustozni qamrab olish rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!