"Dinamo"ga transfer ta’qiqi qo‘yildi

"Dinamo"ga transfer ta’qiqi qo‘yildi

Samarqandning “Dinamo” klubi sobiq legioneri bilan muammoli masalaga duch keldi. Natijada O‘zbekiston futbolchilar uyushmasi bu xususida quyidagicha xabar tarqatdi.

“O‘zbekiston futbolchilar uyushmasi “FIFA Legal Potral” orqali FIFAning intizomiy departamentiga “Dinamo” futbol klubining gruziyalik futbolchi Anton Tolordava oldidagi qarzlarni bartaraf etish yuzasidan FIFA chiqargan qarorini bajarmaganligi uchun, qarorda ko‘rsatilgan sanksiyani qo‘llashni so‘rab murojaat yo‘lladi.

Bunga javoban FIFA tomonidan Anton Tolordava oldidagi qarzdorlik to‘lanmaguncha, ushbu klubning transfer oynasi vaqtida yangi futbolchilarni professional futbol ligasidan ro‘yxatdan o‘tkazishga ta’qiq qo‘yilganligi ma’lum qilindi”, - deyiladi bayonotda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!