Davlatimiz rahbari sohadagi korxonalar rahbarlari muammolari va takliflarini eshitdi

Davlatimiz rahbari sohadagi korxonalar rahbarlari muammolari va takliflarini eshitdi

Prezident raisligida mahalliy sanoat tarmog‘idagi ichki imkoniyatlarni safarbar etish orqali aholini ishli va daromadli qilish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbari sohadagi korxonalar rahbarlari bilan muloqot qilib, ularning muammolari va takliflarini eshitdi.

Mutasaddilarga:

– ishlab chiqaruvchilarga Yevropa bozorlariga chiqish uchun talab etiladigan sertifikat olishiga ko‘maklashish;

– xorijiy davlatlardagi savdo uylarida milliy charm, gilam va ipak mahsulotlarini ham joylashtirish, yangi savdo uylarini ochish;

Andijon, Samarqand, Xorazm va Toshkent viloyatlarida o‘rta bo‘g‘in xodimlarini 6 oyda tayyorlaydigan markazlarni tashkil qilish;

– Kooperasiya portalida faqat haqiqiy ishlab chiqaruvchilar qatnashadigan tartibni joriy qilish va tadbirkorlar ko‘targan boshqa masalalar yechimi bo‘yicha taklif kiritish topshirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!