Toshkent viloyatida Kadastr agentligi xodimi kaltaklandi

Toshkent viloyatida Kadastr agentligi xodimi kaltaklandi

Kuni kecha Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida Kadastr agentligi xodimi xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda kaltaklangani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan Kadastr agentligi Millar telekanaliga ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, yuqorida ko‘rsatilgan manzilda yashovchi fuqaroning qo‘shnisi tomonidan yo‘l berkitilib, devor qurilganligi yuzasidan yo‘llangan murojaatni Kadastr xodimi joyiga chiqib o‘rganish davomida videotasvirdagi holat yuz bergan.

"Dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra, holat Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida ro‘y bergani ma’lum bo‘ldi. Ayni paytda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilyapti. Holatga albatta huquqiy baho beriladi", - deyiladi Kadastr agentligi Matbuot xizmati bergan ma’lumotda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!