Germaniya polisiyasi G‘alaba kunida Berlinda 10 kishini hibsga oldi

Germaniya polisiyasi G‘alaba kunida Berlinda 10 kishini hibsga oldi

Germaniya polisiyasi Berlinda 9 mayga bag‘ishlangan namoyishlar chog‘ida o‘n nafar fuqaroni hibsga oldi.

Bu haqda Bild yozmoqda.

Poytaxt huquq-tartibot idoralari xodimlari G‘alaba kunini nishonlash oldidan Rossiya va SSSR bayroqlarini, Georgiy lentalarini, Z va V belgilarini ko‘rsatish, harbiy kiyim kiyish, harbiy marsh va qo‘shiqlar ijro etishni taqiqlagan edi.

Bild nashrining yozishicha, bir necha kishi belgilangan qoidalarni buzgan.

"Jami o‘n kishi hibsga olingan", deb yozadi jurnalistlar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!