Braziliyada kuchli yomg‘ir sabab suv toshqini qurbonlari soni 107 nafarga yetdi

Braziliyada kuchli yomg‘ir sabab suv toshqini qurbonlari soni 107 nafarga yetdi

Fuqaro mudofaasi boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, yana 136 kishi bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida.

O‘tgan hafta mamlakat janubidagi Rio-Grande-du-Sul shtatida katta hajmdagi yomg‘ir yog‘di.

374 jabrlanuvchi davlat shifoxonalariga yetkazilgan, qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Mahalliy matbuotning yozishicha, minglab odamlar haligacha elektr va internetsiz. Qurbonlar soni ortib borishi mumkinligidan xavotirlar bor.

3 may kuni shtat gubernatori Eduardo Leite 180 kunlik favqulodda holat e’lon qildi.

«Biz juda favqulodda vaziyatni boshdan kechirmoqdamiz. Bu tanqidiy voqea emas, balki shtat tarixidagi eng halokatli voqea», - dedi gubernator.

Tabiiy ofat hududiga ikki marta tashrif buyurgan Braziliya prezidenti Luiz Inasiu Lula da Silva rasmiylar mintaqani qayta tiklashga va’da berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!