Yig‘ilishda ayrim vazir va hokimlar faoliyati tanqid qilindi

Yig‘ilishda ayrim vazir va hokimlar faoliyati tanqid qilindi

Yig‘ilishda ayrim vazir va hokimlar charm va ipak sanoati tadbirkorlarini eshitmayotgani, tayyor imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalana olmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

O‘tgan yili charmsanoatda ishlab chiqarish hajmi o‘sib, qariyb 3 trillion so‘mga yetdi. Lekin, shuni yarmi Andijon va Farg‘onaga to‘g‘ri keladi.

Respublikadagi jami terining 40 foizini beradigan Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Jizzax, Surxondaryo va Xorazmning charmsanoatdagi ulushi ularning imkoniyatiga mos emas.

Mahsulotiga bozor topish, aylanma mablag‘ masalalari sababli ayrim korxonalar o‘tgan yilni zarar bilan yakunlagan. O‘tgan yili charmsanoat eksportida tayyor mahsulot ulushi atigi 30 foiz bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!