Soxta 50 mln. so‘mlik “Onlayn Mikroqarz” uchun xizmat haqi 1 mln. so‘m bo‘ldi

Soxta 50 mln. so‘mlik “Onlayn Mikroqarz” uchun xizmat haqi 1 mln. so‘m bo‘ldi

Toshkent shahri, Sirg‘ali tumanida yashovchi 37 yoshli F.YA. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 1.000.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi 23 yoshli S.M. sodir etganligi aniqlandi.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan S.M., jabrlanuvchi F.YA. bilan telegram messenjeri orqali tanishib, uni 50 mln. so‘mgacha “Onlayn Mikroqarz” olib berishga qiziqtirgan va xizmat haqi sifatida oldindan 1 mln. so‘m o‘tkazib olgan, natijada na “Onlayn Mikroqarz” na 1 mln. so‘m pullari qaytarilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan S.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!