YHXX masjidlar atrofida jamoat tartibini saqlash maqsadida qator tavsiyalar bilan chiqdi

YHXX masjidlar atrofida jamoat tartibini saqlash maqsadida qator tavsiyalar bilan chiqdi

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati juma namozi o‘qilishi vaqtida masjidlar atrofida jamoat tartibini saqlash hamda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida fuqarolarga qator tavsiya bilan chiqdi.

Ular quyidagilar:

- masjidlarga jamoat transportlaridan foydalangan holda tashrif buyurish;
- shaxsiy transport vositasida tashrif buyurganda yo‘l harakati qoidalariga rioya etgan holda belgilangan joylarda to‘g‘ri to‘xtatish va joylashtirish;
- transport vositasini yo‘llarda betartib joylashtirib qolgan harakat ishtirokchilari uchun noqulayliklarni keltirib chiqarmaslik;
- haydovchilar piyodalarga e’tiborli bo‘lib harakatlanish;
- piyodalar yo‘llarni belgilangan joylardan to‘g‘ri kesib o‘tish;
- tartibga soluvchilarning, svetoforlar hamda yo‘l belgilari va chiziqlarining talablariga qat’iy rioya etgan holda harakatlanish.

“Qoidalarni buzgan holda harakatlanib yoki xatti-harakatlar sodir etib, boshqa ishtirokchilar uchun noqulayliklarni yuzaga keltirmang. Yo‘l harakati qoidalariga rioya eting”, deyiladi YHXX xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!