AQSh Ukrainaga yana harbiy yordam ajratadi

AQSh Ukrainaga yana harbiy yordam ajratadi

AQSh yaqin bir necha hafta ichida Ukrainaga harbiy yordam bo‘yicha yangi o‘tkazmani e’lon qiladi, dedi davlat departamenti rasmiy vakili Mettyu Miller.

Avvalroq Amerika hukumati Ukraina ehtiyoji uchun 61 milliard dollar ajratgan edi. Shundan keyin Pentagon omboridan Kiyevga bir milliard dollar qiymatidagi qurol va o‘q-dori yuborildi. Yana olti milliard dollar yangi harbiy texnika buyurtmasi uchun beriladigan bo‘ldi.

Kreml G‘arb davlatlarining Ukrainani qurol bilan siylashi muzokara boshlanishiga to‘siq bo‘layotgani va salbiy natija berishini ta’kidlab keladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!