Denov tumanida korxonaning 1,7 mlrd so‘mini talon-toroj qilgan shaxslar aniqlandi

Denov tumanida korxonaning 1,7 mlrd so‘mini talon-toroj qilgan shaxslar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Denov tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “D.” va “B.I.” MCHJ bozorining mas’ul shaxslari 1,2 mlrd so‘m kredit mablag‘i evaziga xarid qilingan “Isuzu” rusumli 2 ta yuk avtomashinasini soxta hujjatlarni rasmiylashtirish orqali o‘zlarining nomiga xususiylashtirib olib, ushbu avtomashinalar MJChga xizmat ko‘rsatmagan bo‘lsa-da, bank filialidan kredit mablag‘i uchun MCHJning patta pullari hisobidan 678 mln so‘m to‘lashib, MCHJning 1,7 mlrd so‘mini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishi moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!