Tojikiston va AQSh terrorchilarga qarshi kurashni kuchaytiradi

Tojikiston va AQSh terrorchilarga qarshi kurashni kuchaytiradi

Dushanbeda Tojikiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va AQSh Davlat departamenti o‘rtasida terrorchilar harakatini tartibga solish maqsadida Shaxsiy ma’lumotlarni solishtirish va baholash tizimini joriy etish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. Bu haqda Tojikiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xabar berdi.

Tizim keng qamrovli texnologik kuzatuvlar orqali terrorchilar harakatini kuzatish, shuningdek, ularni qo‘lga olish va hibsga olishda ko‘maklashish imkonini beradi.

Memorandum 8 may kuni Tojikiston bosh prokurori Yusuf Rahmon va AQShning Tojikistondagi favqulodda va muxtor elchisi Manuel Mikaller o‘rtasidagi uchrashuvda imzolangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!