618,4 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi

618,4 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron tuman bo‘limi tomonidan “Qibraytumangaz” bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “M.O.” MCHJ mas’ul shaxslari korxonaning Qibray tumanida joylashgan issiqxonada 412,2 ming metr. kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 618,4 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!