Lukashenko: AQSh juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydi...

Lukashenko: AQSh juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydi...

AQSh ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydi va hozir suvni loyqalatmoqda. Bu haqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko G‘alaba kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirlarda ishtirok etganidan so‘ng jurnalistlarga ma’lum qildi, deya xabar beradi BELTA.

"Ularga nimadir yetishmayapti. Dollar qulash arafasida. Agar dollar qulasa, nima bo‘ladi? Ularning butun iqtisodiyoti qog‘ozda: dollarlarni chop etishlari kerak. Pul ko‘p bo‘lsa, inflyasiya bo‘ladi, deyishadi", dedi u.

Lukashenko, shuningdek, Qo‘shma Shtatlardagi iqtisodiy vaziyat »Vashingtonning Yevropa Ittifoqiga bosimining sababi« ekanligiga ishonchi komil, u o‘z vaqtida dollardan voz kechib, o‘z pul birligi – yevroni muomalaga kiritgan.

Shu bilan birga, u »AQShning asosiy raqibi Xitoy ekanligini« ta’kidladi. Va u "bu qarama-qarshilikda Xitoy endi kuchli yadroviy davlat - Rossiya bilan birlashdi", deb qo‘shimcha qildi.

Davlat rahbari, shuningdek, Qo‘shma Shtatlar Yevropa mintaqasida tinchlik o‘rnatilishini istamasligi, shu bois Ukrainadagi mojaroni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ta’kidladi.

«Biz tinchlikni xohlaymiz. Biz jang qilishni xohlamaymiz. Va biz Ukraina hujum uchun tramplin bo‘lishini xohlamaymiz», — dedi Belarus rahbari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!