Prezident farmoni bilan pilla xarid narxi 25 foizga oshirildi

Prezident farmoni bilan pilla xarid narxi 25 foizga oshirildi

Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ta’kidlanganidek, pillani xarid narxi pastligi uchun pillakorlarda manfaatdorlik past.

Shuning uchun ipakchilikni rivojlantirish bo‘yicha kuni kecha imzolangan Prezident farmoni bilan pilla xarid narxi 25 foizga oshirildi.

Pillakorlar daromad va ijtimoiy soliqlardan ozod qilindi, tutzorlar uchun yer solig‘ining 10 foizi to‘lanadi.

Mutasaddilar va hokimlarga yangi tutzorlar tashkil qilsa bo‘ladigan 105 ming gektar yer ajratish topshirildi. Bu yerlar lotlarga bo‘linib, auksionda beriladi, auksiondagi yerning boshlang‘ich narxi 10 foiz etib belgilanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!