Evrokomissiya rahbari: tez orada erkin Ukraina Yevropa Ittifoqining bir qismiga aylanadi

Evrokomissiya rahbari: tez orada erkin Ukraina Yevropa Ittifoqining bir qismiga aylanadi

Tez orada erkin Ukraina Yevropa Ittifoqining bir qismiga aylanadi, dedi Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen.

«Evropa kunida men [Ukraina prezidenti Vladimir] Zelenskiy bilan gaplashdim. Yevropa ukrainaliklarning qalbida. Tez orada erkin Ukraina bizning ittifoqimizning bir qismiga aylanadi», deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘ida.

Fon der Lyayenning ta’kidlashicha, Ukraina o‘z xalqini himoya qilish va «shafqatsiz» havo hujumlaridan ozod bo‘lish uchun yordamga muhtoj.

«Iyundagi tinchlik sammitida ishtirok etishini tasdiqladi. Biz Ukrainaning Yevroittifoqqa qo‘shilish bo‘yicha muzokaralar jarayonidagi muhim yutuqlarini qayd etdik», — deya ta’kidladi Yevrokomissiya rahbari.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy payshanba kuni kechqurun Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen bilan Tinchlik sammitiga tayyorgarlik masalasini muhokama qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!