Laylatul qadr kechasining qanday alomatlari bor?

Laylatul qadr kechasining qanday alomatlari bor?

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “U ochiq, issiq ham, sovuq ham bo‘lmagan kecha. Uning tongida quyosh qizg‘ish, zaif bo‘lib chiqadi”, (Ibn Xuzayma rivoyati) dedilar.

Bu kecha Alloh taoloning amri bilan farishtalar har bir osmondan va “Sidratul muntaho”dan (ya’ni, Jabroil alayhissalom maskanidan) yerga tushadi, tong otguncha insonlar haqiga duo qiladi. Qur’oni karimda bunday deyiladi: “U (kecha)da farishtalar va Ruh (Jabroil) Parvardigorlarining izni bilan (yil davomida qilinadigan) barcha ishlar (rejasi) bilan (osmondan yerga) tusharlar. U (kecha) to tong otgunicha salomatlikdir” (Qadr surasi, 4–5-oyatlar).

RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAM LAYLATUL QADR KECHASINI QANDAY O‘TKAZAR EDILAR?

Oisha onamiz roziyallohu anho rivoyat qiladilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ramazonning oxirgi o‘n kunligi kelsa, kechalari uxlamas edilar va uydagilarni ham ibodat qilishga uyg‘otar edilar” (Imom Buxoriy, Imom Muslom rivoyati).

LAYLATUL QADR KECHASIDA GUNOHLAR MAG‘FIRAT ETILADI.


Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim Laylatul Qadr kechasini imon va ixlos bilan bedor o‘tkazsa, uning shu kechagacha sodir etgan barcha gunohlari mag‘firat qilinadi”, (Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Termiziy rivoyati) dedilar.

LAYLATUL QADR KECHASI QANDAY AMALLARNI ADO ETISh LOZIM?


Xufton va bomdod namozlarini jamoat bilan o‘qing. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim xufton namozini jamoat bilan o‘qisa, go‘yo kechaning yarmini bedor o‘tkazibdi. Kim bamdod namozini jamoat ila ado qilsa, go‘yo kechaning barchasida namoz o‘qibdi”, deganlar (Imom Muslim rivoyati).

DUO QILING.


Oisha onamiz roziyallohu anho: “Yo Rasululloh agar Qadr kechasini topishga muvaffaq bo‘lsam nima deb duo qilay?” deb so‘radilar.
Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ushbu duoni o‘qishni aytdilar:
اللَّهُمَّ إِنَّكَ عَفُوٌّ كَرِيمٌ تُحِبُّ الْعَفْوَ فَاعْفُ عَنِّي
"Allohumma innaka a’fuvvun kariymun tuhibbul a’fva fa’fu a’nniy"
"Allohim, albatta, Sen kechirguvchisan, kechirishni yaxshi ko‘rasan. Gunohlarimni kechirgin" (Imom Termiziy rivoyati).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!