Vengerlar ukrainlarga o‘rgatmaydi
Budapesht NATOning Ukrainadagi missiyasini kengaytirishda ishtirok etish niyatida emas. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto videomurojaatida ma’lum qildi.
«Vengriya bu harakatlardan chetda qoladi. Vengriya askarlari bunday missiyada qatnashmaydi va biz Vengriya hududida bunday harakatlarga yo‘l qo‘ymaymiz», — dedi vazir.
Siyyartoning so‘zlariga ko‘ra, Vengriya «Ukraina Qurolli kuchlari jangchilarini tayyorlamaydi, qurol yubormaydi yoki bu maqsadlarni moliyalashtirish uchun Vengriya soliq to‘lovchilarining pullaridan foydalanmaydi».
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)