Janubiy Koreya Ukraina bilan mustahkam, Rossiya bilan esa «silliq» munosabatlarni saqlab qoladi

Janubiy Koreya Ukraina bilan mustahkam, Rossiya bilan esa «silliq» munosabatlarni saqlab qoladi

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol mamlakati Ukraina bilan mustahkam munosabatlarni saqlab turishini, Rossiya bilan esa «silliq» munosabatlarni saqlab qolishini aytdi. Uning bayonotini turli OAVlar keltirmoqda.

Qo‘shma Shtatlar va Yevropa uzoq vaqtdan beri Janubiy Koreyadan Ukrainaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurol yetkazib berishni tashkil qilishni so‘rab keladi, ammo behuda. Yun Sok Yol bugun yana bir bor ta’kidladiki, Seul insonparvarlik yordami va vayron bo‘lgan infratuzilmani tiklashda ishtirok etishdan farqli o‘laroq, urushayotgan mamlakatlarga qurol-yarog‘ yetkazib bermaydi.

Rossiya bilan munosabatlar KXDRga rus qurollari va texnologiyalari yetkazib berilishi tufayli yomonlashmoqda, biroq Seul imkoni boricha Moskva bilan hamkorlikni davom ettiradi, deya qo‘shimcha qildi prezident.

Janubiy Koreya AQShga artilleriya snaryadlarini yetkazib beradi, bu Pentagonga Amerika o‘q-dorilarini Ukrainaga o‘tkazish imkonini beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!