KXDR ikkita ballistik raketa uchirdi

KXDR ikkita ballistik raketa uchirdi

Dushanba kuni Shimoliy Koreya shimoli-sharqiy yo‘nalishda ikkita ballistik raketa uchirdi. Uchirishlardan biri muvaffaqiyatsiz bo‘lishi mumkin, deb yozadi Yonhap.

Shtab boshliqlarining birlashgan qo‘mitasi (JCS) qisqa masofali ballistik raketa Xvanxe-Namdo provinsiyasidan ertalab soat 5:05 atrofida uchirilganini, taxminan 600 kilometr uchib o‘tganini va shimoli-sharqdagi Chxonjin shahri yaqinidagi suvlarga qo‘nganini aytdi.

Yana bir ballistik raketa xuddi shu hududdan ertalab soat 5:15 atrofida uchirildi va 120 kilometrga yaqin uchdi.

JCS polkovnigi Li Son Chjunning aytishicha, ikkinchi raketa erta otilgan bo‘lishi mumkin va agar u havoda portlagan bo‘lsa, qoldiqlar Shimoliy Koreya tuprog‘iga tushishi mumkin.

Uchirish chorshanba kuni Shimoliy Koreya Yaponiya dengiziga (Sharqiy) ballistik raketa uchirganidan besh kun o‘tib amalga oshirildi. Ertasi kuni mamlakat muvaffaqiyatli sinov o‘tkazganini ma’lum qildi, biroq Janubiy Koreya buni “soxta uchirish” deb atadi, chunki raketa havoda portlagani sababli uchirish muvaffaqiyatsiz tugadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!